Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi hamda O'zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamkorligida kitobat san'ati bilimdoni, naqqosh, restavrotor usta Marufjon Salimovning xotirasiga bag'ishlab "Ustozni yod aylab" deb nomlangan ko'rgazma hamda xotira kechasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada restavrator ijodiga mansub muqovalar, yon daftarchalar, xattotlik va abru namunalari, ...
Batafsil“Zanjir reaktsiyasi” ko‘rgazmasi rassomning dunyosiga yo‘l-yo‘riq bo‘lib, u yerdan bir-biri bilan chambarchas bog’langan va dunyoning umumiy tasvirini yaratadigan voqealar zanjirini kuzatishingiz mumkin. Muallif ijod qilayotgan yo‘nalishni assotsiativ simvolizm bilan bog‘lash mumkin, bu yerda mifologiya, tarix, falsafa bilan bir qatorda etnik va so‘fiylik o‘zaro bog‘langan. Edie Yaglie atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealarga ta’sir qiluvchi ...
BatafsilO‘tmishda xattotlik badiiy ijod turlari orasida yetakchi mavqe egallagan. San’atning barcha turlarida xattot ishi alohida qadrlangan. Epigrafik yozuvlar bitishni ham aynan xattotlar boshlab berishgan. Keyin naqqoshlar unga moslab, bitik kompozitsiyasi, ritmi, nisbatlaridan kelib chiqqan holda, o‘z ijodlarini namoyish etganlar. Umuman, bu san’atlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi samarali natija bergan. Xattotlik me’morchilik, kitobat ...
BatafsilKamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyida O'zbekiston Hunarmandlar Uyushmasi hamkorligida buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hamda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludiga bag'ishlab "Sohir qalam mo'jizasi" nomli ko'rgazma tashkil etildi. Buyuk tarixiy shaxslarning hayoti, faoliyati adabiyot va tasviriy san'atning asosiy mavzularidan biri boʻlib kelgan. Sharq ...
BatafsilKamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan sotib olingan va tuhfa sifatida qabul qilingan qadimiy ashyolar namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-mayda qabul qilingan “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida e’lon qilingan “Milliy merosga mening ...
Batafsil“BUXORONING ZARRIN JILVASI”
2023 yil 16-oktabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida IV xalqaro amaliy san’at biyennalesi doirasida zardo‘z usta Nodir Rasulovning “Buxoroning zarrin jilvasi” nomli zardo‘zlik asarlaridan iborat shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘zbek zardo‘zligi san’ati milliy madaniyatimiz, san’atimizning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Asrlar davomida rivoj topib, shakllanib kelayotgan bu san’at turi o‘zbek ...
Batafsil2023 yilning 19- iyul kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sana’ti muzeyida “Mumtoz miniatyuralarning zamonaviy talqini” nomli ijodiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Obidjonova, Kamoliddin Behzod nomidagi sharq miniatyura san’ati muzey direktori Gulabza Qarshiyeva, Miniatyurachi rassom, miniatyura ...
Batafsil18-may Xalqaro muzeylar kuni
Muzeylar ajdodlardan meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazina. Yillar davomida boyib, to‘lib boraveradigan bu xazina faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina bo‘lib qolmay, uzoq tarix sahifalaridan so‘zlovchi bebaho kitob hamdir. 1977 yilning 18- may kuni Xalqaro muzeylar Kengashi tomonidan ta’sis etilgan kasb bayrami endilikda dunyoning bir yuz ellikdan ...
BatafsilMuzey 2018-yil aprel oyida noyob, oʻzining rang-barangligi bilan bugungi kunda ham barchani hayratga solayotgan, dunyoning turli muzeylarida saqlanayotgan kitobat sanʼati durdonalarini oʻrganish, toʻplash va oʻzbekistonlik sanʼat ixlosmandlari eʼtiboriga havola etish maqsadida muzey xodimlaridan iborat ilmiy-ijodiy guruh Turkiyaning Istambul shahrida joylashgan Toʻpqopi saroyi muzeyi kutubxonasi hamda Turk va Islom asarlari muzeyi ...
Batafsil2023 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Badiiy Аkademiyasi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati Miniatyura fani o‘qituvchisi Husan Toshboyev va uning shogirdlari ishtirokida miniatyura asarlaridan iborat “Tasavvur va tasvir” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida hozirgi kunda dastgohli rangtasvir, interer dizayni, haykaltaroshlik, yog‘och o‘ymakorligi, gobelen, kashtachilik, badiiy naqqoshlik, badiiy kulolchilik, ...
Batafsil