Ko‘rgazmalar

EDIE YAGLIE “ZANJIRLI REAKTSIYA” SHAXSIY KO‘RGAZMASI

“Zanjir reaktsiyasi” ko‘rgazmasi rassomning dunyosiga yo‘l-yo‘riq bo‘lib, u yerdan bir-biri bilan chambarchas bog’langan va dunyoning umumiy tasvirini yaratadigan voqealar zanjirini kuzatishingiz mumkin.

Muallif ijod qilayotgan yo‘nalishni assotsiativ simvolizm bilan bog‘lash mumkin, bu yerda mifologiya, tarix, falsafa bilan bir qatorda etnik va so‘fiylik o‘zaro bog‘langan.

Edie Yaglie atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealarga ta’sir qiluvchi mavzularni tanlashda inson ruhiyatiga va jamiyatga ta’sir qilishiga alohida yondashgan. Uzviy zanjir bilan bog’langan holda yaralgan asarlari, rassomning turli mavzular doirasida syujetlarining o‘zgarib borishi bilan ifodalanadi. Uning asarlari bir qarashda, teatr (tomoshagoh) sahna ko‘rinishlari jarayanini eslatib yuboradi. Ba’zida esa uning ijod namunalarida cheklovlarsiz absurdlik hukm suradi.

Dastlab, “Zanjirli reaktsiya” loyihasining boshlanishida “Karnaval” nomli asari turtki bo‘lib, u yaratilish vaqtida “pandemiya xaloskorlari” mavzusi, niqoblar tarixi davri kabi mavzular ommalasha boshlagan edi. Chunki, global pandemiya COVID-19 paydo bo‘lishi bilan., bir necha oydan keyin ommaviy tus olgan asosiy “ramz”, “yangi to’lqin”, “niqobdagi yangi hayot” sifatida allaqachon yangi ma’noga ega bo’la boshladi. Keyinchalik, izolyatsiya boshlanishi davrida  ijodkorda bir qator asarlar yaralishni boshladi: “Dekcha”,“Kutish”,“Bahor guldastasi”,“Samoviy qayg’u”, “Kuzatuv”, “Observatsiya. Gulchatoy yuzingni yop.” kabi kompozitsiyalari  har birimiz teng huquqali va shunga o‘xshash vaziyatda bo‘lgan vaqtimizni eslatadi.

Jadidchilik va uning asoschisi Ismoil Gasprinskiyga bag’ishlangan asarlaridagi o‘tmish, bugun va kelajak voqealari zanjiri bo‘lmish “Fransuz maktublari” asarlarida bugungi kun uchun dolzarb bo‘lgan g’oyalarni aks ettiradi.

Vaqt  o‘tishi bilan ijodiy o‘zini namoyon qilishning yangi bosqichlari, texnikalar, shakllar va uslublar bilan tajribalar “reaktsiya” ga kiradi. Rassom “Afsona” turkum grafik ishlarida (1001 varaq rejalashtirilgan) insoniy illatlar darajasida tug’ilgan cheksiz hikoyalarni, ertaklarni keyingi hikoyachi ohangi bilan yangi rangga ega bo‘lgan holda tasvirlaydi.Asarlarining mavzusi takrorlanmas bo‘lib, misli ko‘rilmagan ko‘rinish, haqiqat va sarobning mislsiz tarzda to‘qnashuviga aylanib bormoqda.

Ushbu ko‘rgazma rassomning san’at, tahlil va mulohaza miqyosidagi e’tirofidir.