Tabriz maktabi
Tabriz (Ozarbayjon) miniatyurasi
Tabriz Sharqiy Ozarbayjonning Erondagi viloyati. Islom dinini qabul qilgan mo‘g‘ul Hasanxon (hukm. 1295-1304 yillar)ning Eron taxtiga o‘tirishi madaniyat va san’atning rivojlanishiga sharoit yaratdi. Hasanxonning vaziri, jahon tarixi jamlangan “Jami-at-Tavoriy” asari muallifi Rashididin XIII asr oxirida tarixiy asarini miniatyuralar bilan bezatish uchun Tabrizda juda boy kutubxona va uning yonida ustaxona tashkil etdi. U erda o‘z davrining mohir musavvir-ustalari ijod qilishgan. Mo‘g‘ul davri (XIII – XIV asrlar) Eron mumtoz miniatyurasini shakllanishi uchun muhim davr bo‘lgan. Davr xitoy, arab, bobil miniatyurasi unsurlari uyg‘unlashgan, yangi nafis uslubni yaratilishiga zamin hozirladi. Eronning Jaloiriylar davrida miniatyura san’ati gullab-yashnadi.