Ko‘rgazmalar

Barhayot siymolar : Navoiy, Bobur Behzod”

Joriy yilning 27-fevral kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida “Barhayot siymolar : Navoiy, Bobur Behzod”  nomli ko’rgazmaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur ko’rgazma Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi hamda Badiiy ko’rgazmalar direksiyasi fond ashyolaridan iborat.
Ko’rgazma davomida O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi muallifi, O’zbekiston san’at arbobi, O’zbekiston xalq rassomi,O’zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi grafik rassom  Anvar Mamajonov hamda O’zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, miniatyurachi rassom Xayriddin Muhiddinovlarning mahorat darslari o’tkazildi.