Miniatyura san’ati

Sheroz maktabi

Eron miniatyurasi

Sheroz, Qazvin, Mashhad, Isfaxon uning ahamiyatli markazlaridan bo‘lgan. Sheroz miniatyurasi Eronning mo‘g‘ul hukmdorlari Injuidlar davri (1303-1357 yillar)da shakllana boshlagan va XIV – XVI asrlar davomida rivojlangan. Sheroz miniatyurasi uchun rivojlanishning barcha davrida kompozitsiyaning yassiligi, figuralarning yirik va pakanaligi, manzaraning umumiyligi, tasvirning qo‘polligi, tillaning ko‘pligi, yorqin ranglarning ustunligi xos bo‘lgan.