Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog‘-muzeyi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 23 dekabrdagi 559-sonli “Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan tashkil etilgan.
Muzeyning asosiy vazifasi – Sharq miniatyura maktabi, Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiymerosini to‘la o‘rganish va targ‘ib qilish, kitobot, xattotlik, miniatyura san’ati va ularni yaratish texnologiyalari bilan tanishtirish, miniatyura maktablari, tasviriy va amaliy san’atning muayyan ilmiy muammolariga bag‘ishlangan respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarni tashkiletish, san’at asarlari orqali yoshavlod ongida milliy va umum insoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosimizga nisbatan hurmat va iftixor, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.
Muzey fondida Kamoliddin Behzod mo‘yqalamiga mansub miniatyura nusxalari, Buxoro, Samarqand, Hirot, Tabriz va Isfaxon kabi mashhur maktablar uslubida yaratilgan zamonaviy o‘zbek miniatyurasi namunalari bilan birga, fanning turli sohalariga oid qadimiy va noyob qo‘lyozma asarlar saqlanadi. Zamonasining usta xattotlari tomonidan kufi, suls, nasx, nasta’liq kabi yozuv xatlarida ko‘chirilgan va mohir rassomlari miniatyuralar, shamslar, zarvaraqlar va go‘zal naqshlar bilan bezagan qo‘lyozma va toshbosma asarlar SHarq rassomlik san’ati tarixini o‘rganishda kata ahamiyatga ega. Qo‘lyozma va toshbosma asarlar orasida noyob namunalar mavjud bo‘lib, ular XII, XV-XX asrlar kitobat tarixini o‘rganishda hamda ilm-fan taraqqiyotida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Imom G‘azzoliyning “Kimyoisaodat”, “Ihyoulum ad-din” asarlari, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya”, “Siyari sharif” asarining XVII asrdagi nodir qo‘lyozmasi, Xoja Ubaydulloh Ahrorning ustozim avlono Yoqub Charxiy qalamiga mansub “Tafsir”ning noyob ziynatli qo‘lyozmasi, XII asrgaoid Abubakribn Muhammad Abdus-sayloniy “Najotuz-zokirin” nodir qo‘lyozmasi, Mavlono Xovandshoh Xeraviyning “Ravzatus-safo”, Alisher Navoiy, Hofiz Sheroziy, Mirzo Bedil, Shayx Sa’diy, Muhammad Fuzuliy, Jaloliddin Rumiy devonlari, Shamsiddin Tabriziyning “Kulliyoti Shams Tabriz” qo‘lyozmasi shular jumlasidandir. Shuningdek, muzey fondidan XII asrga mansub “Favoyid al-Ziyoiya” (arab tili grammatikasiga oid), XIV asrga mansub “Tarixi Qaboilal-arab” (arab qabilalari tarixi) qo‘lyozmasi ham o‘rinolgan. Bu qo‘lyozmada chizma shakllar bilan mundarija tarzida arab qabilalari nomlari, tarixi keltirilgan bo‘lib, arab xalqlari tarixini o‘rganuvchi muhim manba hisoblanadi.