Ko‘rgazmalar

Azimjonov Hasanning “Parcha” nomli shaxsiy ko’rgazmasi

Bugun 29-may kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Grafika: dastgoh va kitob grafikasi ta’lim yo’nalishi talabasi Azimjonov Hasanning “Parcha” nomli shaxsiy ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ijodkorning asarlarida ona yurtga bo’lgan muhabbati, faxr – iftixor hissini yangicha qarashlarda aks ettirilgan. Ko’rgazmada Kamola Nishonova, muzey rahbari Gulabza Qarshiyeva hamda San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti dekani Obidjon Abdullayevlar so’zga chiqib ijodkorning keyingi ishlarida omad tilashdi