KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI
SHARQ MINIATYURA MUZEYI
Toshkent, O‘zbekiston

Sharof Rashidov ko‘chasi, 40

+998 71 256 28 32

Qo‘ng‘iroq markazi

info@kbm.uz

Rasmiy elektron pochta

Tabriz maktabi

Sharq miniatyura san’atining yirik markazlaridan biri bo‘lgan Tabriz maktabining o‘ziga xos an’analari va estetik tamoyillari

Tabriz (Ozarbayjon) miniatyurasi

Tabriz Sharqiy Ozarbayjonning Erondagi viloyati. Islom dinini qabul qilgan mo‘g‘ul Hasanxon (hukm. 1295-1304 yillar)ning Eron taxtiga o‘tirishi madaniyat va san’atning rivojlanishiga sharoit yaratdi. Hasanxonning vaziri, jahon tarixi jamlangan “Jami-at-Tavoriy” asari muallifi Rashididin XIII asr oxirida tarixiy asarini miniatyuralar bilan bezatish uchun Tabrizda juda boy kutubxona va uning yonida ustaxona tashkil etdi. U erda o‘z davrining mohir musavvir-ustalari ijod qilishgan. Mo‘g‘ul davri (XIII – XIV asrlar) Eron mumtoz miniatyurasini shakllanishi uchun muhim davr bo‘lgan. Davr xitoy, arab, bobil miniatyurasi unsurlari uyg‘unlashgan, yangi nafis uslubni yaratilishiga zamin hozirladi. Eronning Jaloiriylar davrida miniatyura san’ati gullab-yashnadi.