KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI
SHARQ MINIATYURA MUZEYI
Toshkent, O‘zbekiston

Sharof Rashidov ko‘chasi, 40

+998 71 256 28 32

Qo‘ng‘iroq markazi

info@kbm.uz

Rasmiy elektron pochta

Hirot maktabi

Renessans davrining Sharqdagi san’at o‘chog‘i

Hirot maktabi (Xuroson)

Amir Temurning o‘limidan keyin, 1405 yilda saltanat poytaxti Xurosonning poytaxti bo‘lib kelgan Hirotga ko‘chirildi. Shohruh davrida (1397-1447 yy.)da shahar temuriylarning adabiyot va san’at markaziga aylanadi. 1420 yilda SHohruhning o‘g‘li Boysunqur (1397 – 1433 yy.) Hirotda qo‘lyozmalarni ko‘chirib yozadigan va bezaydigan saroy ustaxonasini tashkil etadi. Ustaxonani Ja’far Tabriziy boshqargan va unda temuriylar saltanatining barcha viloyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan musavvirlar ishlashgan. Oxirgi temuriy hukmdor Sulton Husayn Bayqaro hukmdorligi davri (1469 – 1506)da Hirotda san’at va madaniyatni gullab-yashnashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Muqovalash, sahifalarni naqshlar va miniatyuralar bilan bezash bilan qo‘lyozma san’atida durdona asarlar yaratilgan.