E’lonlar
Muzeydagi e’lon va tadbirlar
"Kichik hajmga jo bo'lgan buyuk mubabbat" nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimiga taklif etamiz.
✅ 2025-yil, 24-dekabr Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyida O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, taniqli miniatyura...
✅ 2025-yil, 24-dekabr
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyida O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, taniqli miniatyurachi rassom Shorasul Shoahmedovning "Kichik hajmga jo bo'lgan buyuk mubabbat" nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimiga taklif etamiz.
Ko'rgazma ochilish marosimi muzey binosida 2025-yil, 24-dekabr kuni, soat 15:00 da.
Manzil: Sharof Rashidov 40/2
⚡️ Tomoshabinlar uchun ikki hafta davomida!!!
"Hazrati Inson" – Oʼzbekiston xalq yozuvchisi, kinodramaturg, jamoat arbobi Rahmat Fayziyning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʼishlangan noyob koʼrg...
"Hazrati Inson" – Oʼzbekiston xalq
yozuvchisi, kinodramaturg, jamoat arbobi Rahmat Fayziyning hayoti va ijodiy faoliyatiga
bagʼishlangan noyob koʼrgazma ochildi
Mazkur ekspozitsiya 28 oktyabrdan boshlab ikki hafta davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyida tomoshabinlar uchun taqdim etiladi.
28-oktabr 2025-yil, soat 15.00da Rahmat Fayziy xotirasiga bag'ishlangan "Hazrati Inson" nomli ko'rgazmaning ochilish marosimiga taklif etadi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi mehr kuychisi, O'zbekiston Xalq yozuvchisi Rahmat Fayziy xotirasiga bag'ishlangan "Hazrati ...
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi mehr kuychisi, O'zbekiston Xalq yozuvchisi Rahmat Fayziy xotirasiga bag'ishlangan "Hazrati Inson" nomli ko'rgazmaning ochilish marosimiga taklif etadi.
Rahmat Fayziyning ,,Sen yetim emassan" hamda ,,Yor-yor" kinofilmlari uchun yaratgan ssenariylari xalqaro e'tirofga sazovor bo'lib, o'zbek tomoshabinlari qalbidan joy olgan.
Koʻrgazmaning ochilishi muzey binosida 28-oktabr 2025-yil, soat 15.00da boʻlib oʻtadi.
Manzil: Sh.Rashidov, 40/2
DIQQAT, #art_chellenge nomli onlayn tanlov!
✅ Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yosh ijodkorlar ishtirok etishi mumkin! Yo‘nalishlar; ✅ rangtasvir, grafika, ✅haykaltaroshlik ✅ama...
✅ Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yosh ijodkorlar ishtirok etishi mumkin!
Yo‘nalishlar;
✅ rangtasvir,
grafika,
✅haykaltaroshlik
✅amaliy san’at
✅Tanlov shartlari;
Ishtirokchilar “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan 1 dona ijodiy ishlari bilan qatnashadilar.
Tanlov ishtirokchilari joriy yil 1-noyabrga qadar o‘z ijodiy ishlarini videorolik ko‘rinishida @art_chellenge (https://t.me/art_chellenge_group) telegram kanaliga hamda shaxsiy instagram sahifasiga #art_chellenge hashtagi ostida video joylashtirib yuborishlari talab etiladi.
✅video rolikda ishtirokchi o‘zini tanishtiradi,
✅asar haqida qisqacha ma’lumot beradi
✅asar yaratish jarayoni videoga olinadi.
⏱️video rolik 2 daqiqadan oshmasligi kerak.
Ishtirokchilarning ijodiy ishlari Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining telegram kanalida yoritib boriladi.
Murojaat uchun:
Aloqa : (71) 232-06-75
Telegram : (97)434-04-91
Afishadagi QR kodni skaner qiling, telegram kanalga a’zo bо‘ling, @art_chellenge_group guruhiga kirib ijodiy videoni joylashtiring!