“Yapon va Samarqand qog’ozi: Kecha va bugun”
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi va Yaponiyaning Aichi san’at universiteti o’rtasida 2019 yil 25 fevralda qadimiy qog’oz va miniatyura san’ati hamda ” The research for the culture of contemporary hand- made paper and artistic expression” ( ” Zamonaviy qo’lda tayyorlanadigan qog’ozni madaniy va badiiy ahamiyati tadqiqi”) ( Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, O’zbekiston) nomli ilmiy – amaliy loyihasi bo’yicha o’zaro hamkorlikda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish maqsadida Memorandum imzolangan edi. Ushbu Memorandumga asosan, 5- sentabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida Yaponiyaning Aichi san’at universitetining professori Koji Shizbazaki boshchiligidagi delegatsiyasining “Yapon va Samarqand qog’ozi: Kecha va bugun” nomli ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.