Без рубрики

MAKTABDAGI KO‘RINISH

 “MAKTABDAGI KO‘RINISH”.  ХVI asr. Buxoro maktabi.  Badriddin Hiloliyning “Shoh va Darvesh” asariga ishlangan miniatyura. Ushbu asar Turkiyaning Turk va Islom asarlari muzeyida saqlanuvchi qo‘lyozmadan olingan miniatyuraning faksimil nusxasi hisoblanadi. Asl kelib chiqishi turkiy bo‘lgan fors shoiri Badriddin Hiloliy (1470-1529) Alisher Navoiy rahnamoligida ta’lim olgan. Uning “Shoh va Darvesh” nomli tasavvufiy dostoni hukmronlik, ma’naviyat ...

Batafsil

OYAT AL – KURSIY

“OYAT AL - KURSIY”. 2023-yil. Muallif: Ulug‘bek Orifjonov (1970 yilda tug‘ilgan) Ulug‘bek Orifjonov – mashhur xattot, uning asarlari nafisligi va mahorati bilan e’tirof etilgan. Muallif turli ko‘rgazmalar va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etadi. Uning asarlari islom dini bilan bog‘liq motivlardan tashkil topgan bo‘lib, yuqori darajadagi detallashtirilishi va badiiy ifodasi bilan ajralib turadi.  Asar ...

Batafsil

UCH DARVESH

“UCH DARVESH”. 2016-yil. Musavvir: Shorasul Shoahmedov   Shorasul Shoahmedov (1970-yilda tug‘ilgan) – zamonaviy miniatyura san’atining yetuk vakili, ustoz rassom. Respublika va xorijiy  ko‘rgazmalarda ijodiy ishlari bilan ishtirok etgan. 2002-yil “Tashabbus” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida faxrli birinchi o‘rinni egallab, oltin medal bilan taqdirlangan. Uning sara asarlaridan biri “Uch darvesh” deb nomlangan. Darvesh (fors tilidan  – ...

Batafsil

SEVISHGANLAR

“SEVISHGANLAR”. 2005-yil. Musavvirlar: Qahramon Shoislomov, Shorasul Shoahmedov Ushbu asar ikki iste’dodli miniatyurachi rassom Qahramon Shoislomov (1972-2022) va Shorasul Shoahmedov (1970-yilda tug‘ilgan) larning ijodiy loyihasidir. O‘rta asrlar miniatyura san’ati maktablarining o‘ziga xos xususiyatlaridan bo‘lgan, qo‘lyozma uchun illyuminatsiyalar tayyorlashda saroy kutubxonalarida xizmat qilgan miniatyurachi rassomlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash an’analarini davom ettirgan holda ushbu asar ...

Batafsil

KAMOLIDDIN BEHZODNING “SULTON XUSAYN MIRZO SAROYIDAGI ZIYOFAT”

KAMOLIDDIN BEHZODNING “SULTON XUSAYN MIRZO SAROYIDAGI ZIYOFAT” miniatyurasidan nusxa (fragment). 2006-yil. Musavvir: Niyozali Xolmatov (1947-2020)   O‘zbekiston xalq ustasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Niyozali Xolmatov zamonaviy miniatyura san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Zamonaviy lokli miniatyura san’atida qadimgi musavvirlarning rassomlik an’analari davomchilaridan biri bo‘lgan. Rassomning nafis ishlangan lok buyumlari yuqori professionalligi bilan ajralib turadi. Niyozali ...

Batafsil

HUSRAV CHO‘MILAYOTGAN SHIRINNI KO‘RISHI

“HUSRAV CHO‘MILAYOTGAN SHIRINNI KO‘RISHI”  XV asr. O‘rta Osiyo miniatyura maktabi. Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”asaridagi “Xusrav va Shirin” dostoniga  ishlangan miniatyura. Xattot: Ali ibn Iskandariy al-Kuxistoniy. Musavvir: Sulton Ali al-Bovardiy. Ushbu asar Turkiyaning To‘pqopi Saroyi muzeyi kutubxonasida saqlanuvchi qo‘lyozmadan olingan miniatyuraning faksimil nusxasi hisoblanadi. “Xusrav va Shirin” syujetiga ko‘ra, Shirin Xusravning chizilgan siymosini ko‘rib, sevib qoladi va u ...

Batafsil

SULAYMON VA BILQIS

“SULAYMON VA BILQIS”  XVI asr. Kazvin maktabi. Sa’diy Sheroziyning “Kulliyot”iga ishlangan miniatyura. Ushbu asar Turkiyaning Turk va Islom asarlari muzeyida saqlanuvchi qo‘lyozmadan olingan miniatyuraning faksimil nusxasi hisoblanadi. Payg‘ambar Sulaymon (a.s.)ga xizmat qiluvchi hudhud qushi Saba’ davlatiga tashrifi haqida gapirib berdi, u yerdagi xalqni Allohga emas, quyoshga e’tiqod qiluvchi, har narsasi to‘kis ayol kishi ...

Batafsil

SIYOVUSHNING SINOVDAN O‘TISHI

“SIYOVUSHNING SINOVDAN O‘TISHI”  XVI asr. Mashhad maktabi. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asariga ishlangan miniatyura. Ushbu asar Turkiyaning Turk va Islom asarlari muzeyida saqlanuvchi qo‘lyozmadan olingan miniatyuraning faksimil nusxasi hisoblanadi. Fors adabiyotining nodir asarlaridan “Shohnoma” (“Shohlar kitobi”) XI asrning boshida fors shoiri Abulqosim Firdavsiy tomonidan yozilgan. 35 yil davomida (976-1011) yaratilgan doston deyarli oltmish ming ...

Batafsil

ISKANDARNING ISROFIL (a.s.) BILAN UCHRASHUVI

“ISKANDARNING ISROFIL (a.s.) BILAN UCHRASHUVI”  XV asr birinchi yarmi. Hirot maktabi. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asariga ishlangan miniatyura.  Ushbu asar Turkiyaning Turk va Islom asarlari muzeyida saqlanuvchi qo‘lyozmadan olingan miniatyuraning faksimil nusxasi hisoblanadi   Fors adabiyotining nodir asarlaridan “Shohnoma” (“Shohlar kitobi”) XI asrning boshida fors shoiri Abulqosim Firdavsiy tomonidan yozilgan. 35 yil davomida (976-1011) yaratilgan doston ...

Batafsil

TABIB HUZURIDA

XV asr birinchi yarmi. Hirot maktabi. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asariga ishlangan miniatyura. Ushbu asar Turkiyaning Turk va Islom asarlari muzeyida saqlanuvchi qo‘lyozmadan olingan miniatyuraning faksimil nusxasi hisoblanadi. Fors adabiyotining nodir asarlaridan “Shohnoma” (“Shohlar kitobi”) XI asrning boshida fors shoiri Abulqosim Firdavsiy tomonidan yozilgan. 35 yil davomida (976-1011) yaratilgan doston deyarli oltmish ming baytdan ...

Batafsil