Ko‘rgazmalar

Sharq nafis san’ati yoshlar nigohida

24 fevral, 17:00 da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog‘-muzeyida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tashkil etilganligining 20 yilligiga bag‘ishlangan “Sharq nafis san’ati yoshlar nigohida” nomli ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Miniatyura san’ati o‘rta asr sharq musulmon san’atining yorqin namunalaridan sanaladi. U o‘zining chuqur falsafiy mazmuni, an’anaviy talqini va go‘zal koloriti bilan bugungi kunda ham san’at ixlosmandlarini o‘ziga maftun etib kelmoqda. Mazkur san’at asarlari nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi balki, bebaho tarixiy ma’lumotlar manbasi sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi.

Ushbu ko‘rgazmada, hattot rassom Nizomjo Tursunaliyev va rassom-miniatyurist Behzod Xadjimetov shu bilan birga ko‘rgazmadan uning o‘quvchilari : Aziz Soliyev, Rashid Aliboyev, Saida Zalilova, Gulhayo Abdullayeva, Dilfuza Isakova, Gulira’no Abdullayeva, Azim Usmonov, Elyor Kamilov, Doniyor Qoziboyev, Zilola Israilova, Mirzoxid Solixov, Sohiba Berdimuradova, Shalola Azimova, Xolisa Abdullayeva, Maftuna Mirzaraxmonovalarning asarlari o‘rin olgan. Ko‘rgazma doirasida hattot-rassom Nozimjon Tursunaliyev tomonidan sharq hattotligi bo‘yicha master-klass o‘tkaziladi.

Ushbu ko‘rgazmadan 60 dan ortiq asarlar o‘rin olgan.