Ko‘rgazmalar

18-avgust sanasida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida  eronlik miniatyurachi rassom, illyuminator va xattot, Eron kitobat san’ati instituti rahbari (Tehron) Hasan Mohammadiyning shaxsiy ko‘rgazmasi o’tkazildi. Ko’rgazmada ijodkorning «Bahori Mavlono» muraqqa-albomi uchun yaratilgan 22 ta illyuminatsiya (bezak) hamda shogirdlari bilan birga yaratgan 7 ta mustaqil asar va bir necha albom- muraqqalar namoish etilmoqda.  Ko’rgazmaning ochilish marosimi davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi  va Eron kitobot san’ati instituti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.