O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sana’ti muzeyida “Mumtoz miniatyuralarning zamonaviy talqini” nomli ijodiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2023 yilning 19- iyul kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sana’ti muzeyida “Mumtoz miniatyuralarning zamonaviy talqini” nomli ijodiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Obidjonova, Kamoliddin Behzod nomidagi sharq miniatyura san’ati muzey direktori Gulabza Qarshiyeva, Miniatyurachi rassom, miniatyura sho‘basi raisi Begzod Xodjimetov va miniatyurachi rassom Abduhakim Karimovlar so‘zga chiqdilar.
Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad Sharq miniatyurasining betakror jilvasini zamonaviy talqinda nomoyish qilishdan iborat. Ko‘rgazmada 20 nafar dan ortiq rassomlarning 60 dan ortiq asarlari namoyish etilmoqda.