Ko‘rgazmalar

O’zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi miniatyurachi rassom Arifboyev Sherzodning «Qadam» nomli ilk shaxsiy ko’rgazmasi o’z ishini boshladi

5-may kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida O’zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi miniatyurachi rassom Arifboyev Sherzodning «Qadam» nomli ilk shaxsiy ko’rgazmasi o’z ishini boshladi. Ko‘rgazmada yosh rassomning nafaqat an’anaviy miniatyura, balki zamonaviy miniatyura san’ati uslubiga xos bir qancha asarlari o‘rin olgan
Tadbir davomida ijodkorning ustozlari so’zga chiqib iliq tilaklar bildirshdi.
Ko’rgazmada musavvirning 40 ga yaqin asarlari o’rin olgan.