Ko‘rgazmalar

“San’at va dunyo” X-Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennale

14-oktyabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida “San’at va dunyo” X-Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada O’zbekistonlik rassomlardan Rustam Xudoyberganov va Yigitali Sattorov, Germaniyalik Albina Dvortsis, Janubiy Koreyalik Jeoung Hui, YU,  Jazoirlik Abdelhaq Djellab (HAKOU), Rossiyalik Yuliya Vergunova, OzarbayjonlikFargana Bayramova, Albaniyalik Oltsen Gripshilar o’z ijod namunalari bilan qatnashishmoqda. Ko’rgazma 18-otyabrgacham davom etadi.