Ko‘rgazmalar

“Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan sotib olingan va tuhfa sifatida qabul qilingan qadimiy ashyolar namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan sotib olingan va tuhfa sifatida qabul qilingan qadimiy ashyolar namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-mayda qabul qilingan “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida e’lon qilingan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida davlat muzeylariga madaniy boyliklarni aniqlash va har yili davlat muzeylarida aholidan xarid qilib olingan madaniy boyliklar ko‘rgazmasini tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilmoqda. Keyingi yillarda muzeylarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tarix va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik hisoblanadigan muzeylar fondini boyitish yolidagi say-harakatlar juda quvonarlidir. Zamondoshlarimiz ijodiga mansub bo‘lgan san’at asarlari bilan muzey fondlarini boyitib boorish kelajak avlod ma’naviyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi o‘z faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, miniatyura, xattotlik, naqqoshlik hamda amaliy san’at asarlari bilan fondini boyitishga e’tibor qaratdi.    “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyining fondi 33 dona miniatyura, 8 dona xattotlik va 2 dona amaliy san’at asarlari bilan boyitildi. Ko‘rgazmada 40 dan ortiq asarlar o‘rin olgan bo‘lib, ushbu ashyolar muzey fondini boyitishda hamda kelajak avlodning ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladi.