18-may Xalqaro muzeylar kuni
Muzeylar ajdodlardan meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazina. Yillar davomida boyib, to‘lib boraveradigan bu xazina faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina bo‘lib qolmay, uzoq tarix sahifalaridan so‘zlovchi bebaho kitob hamdir. 1977 yilning 18- may kuni Xalqaro muzeylar Kengashi tomonidan ta’sis etilgan kasb bayrami endilikda dunyoning bir yuz ellikdan ortiq davlatida keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan 2023 yil 18- may kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyga bir qancha maktab va oliy o‘quv yurtlarining talaba, o‘qituvchi va o‘quvchilari tashrif buyurdilar. Shuningdek, Germaniya, Fransiyalik va boshqa sayyohlar hamda bir qancha san’at ixlosmandlari ham katta taassurotlarga ega bo‘ldilar. Barcha tashrif buyurgan tomoshabinlarga muzey xodimlari tomonidan muzey va eksponatlar haqida tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, ekskursiya davomida xattotlik yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, xattot Orifjonov Ulug‘bek, miniatyura san’ati bo‘yicha O‘zbekiston Hunarmand uyushmasi a’zosi Kamol Mirzayev va abru san’ati yo’nalishi bo‘yicha muzey xodimi Baxtiyor Dedashevlar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.