“Movarounnahr miniatyura san’ati. XV asr – XX asr boshlari Taraqqiyot tarixidan ocherk” nomli monografiya taqdimoti
24-fevral kuni O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi anjumanlar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi katta ilmiy xodimi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Zuhra Rahimovaning “Movarounnahr miniatyura san’ati. XV asr – XX asr boshlari Taraqqiyot tarixidan ocherk” nomli monografiyasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda san’atshunos professorlar, miniatyurachi rassomlar, o’qituvchi va talabalar ishtirok etdi. Taqdimotda «San’at» jurnali bosh muharriri, san’atshunoslik fanlari doktori D.Qodirova, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent G. Qarshieva, O’zbekiston xalq rassomi, akademik Sh.Muhammadjonov, san’atshunoslik fanlari doktori, akademik N. Ahmedova, me’morchilik fanlari doktori, professor M.Yusupova, O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi san’atshunoslik sho’basi rahbari I.Ahmedova so’zga chiqdilar.