Yangiliklar

KOMIL OMONOVNING “EHTIROM” NOMLI KO‘RGAZMASIGA BAG‘ISHLANGAN IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.

24 fevral kuni soat 12:00da Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sana’ti muzeyida Komil Omonovning “Ehtirom” nomli ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy Anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanga O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova, rassom Ibrohim Valixo‘jayev, Kamoliddin Mirzayev, Kamol Abdullayev va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti “San’atshunoslik” kafedrasi professor o‘qituvchilari, “San’atshunoslik” va “Muzeyshunoslik” yo‘nalishlari talabalari tashrif buyurishdi.

Anjumanni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sana’ti muzeyi direktori Qarshiyeva Gulabza ochib berdilar, so‘ng so‘zga birin-ketin rassom Ibrohim Valixo‘jayev, Kamoliddin Mirzayev hamda  “San’atshunoslik” kafedrasi professor o‘qituvchilari chiqdilar. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti doirasida tahsil olib kelayotgan talabalar Omonov Komilning asarlariga alohida qiziqish bildirdilar.
Rassom o‘zining ijodiy tajribasi bilan bo‘lishib, miniatyura san’atiini rivojlantirish haqida takidladi. Talabalar, Ijodkorning ijodi va yo‘nalishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. So‘zga chiqganlar Omonov Komilning yo‘nalishi va maxorati haqida iliq fikrlarini bayon etdilar.