Yangiliklar

«Eski shahar» guruhining “Eski shaharga sayohat” nomli ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

29 yanvar kuni soat 14:00da Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sana’ti muzeyida «Eski shahar» guruhining “Eski shaharga sayohat” nomli ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy Anjumani bo‘lib o‘tdi.Anjumanga O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining bosh ilmiy kotibi Abidjanova Feruza, rassom Valixo‘jayev Ibrohim, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti “San’atshunoslik” kafedrasi professor o‘qituvchilari, “San’atshunoslik” va “Muzeyshunoslik” yo‘nalishlari talabalari tashrif buyurishdi.


Anjumanni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sana’ti muzeyi direktori Qarshiyeva Gulabza ochib berdilar, so‘ng so‘zga birin-ketin Abidjanova Feruza, rassom Valixo‘jayev Ibrohim, “San’atshunoslik” kafedrasi professor o‘qituvchilari chiqdilar. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti doirasida faoliyat yuritib kelayotgan “Yosh olimlar kengashi” a’zolari rassomlarning asarlariga alohida to‘xtalib o‘tib, o‘z munosabatlarini bildirdilar.
Rassomlar o‘zining ijodiy tajribasi bilan bo‘lishib, san’atning hususiy tamoyillari, estetik darajisini rivojlantirish haqida takidlashdi. Talabalar, uchta rassomning ijodi va yo‘nalishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. So‘zga chiqganlar ijodkorlarning yo‘nalishi va maxorati haqida nafaqat iliq fikrlarini, balki tanqidiy fikrlarini ham bayon etdilar.