Ko‘rgazmalar

Hasan Isoqjonov va shogirdlarining «Ilk parvoz» nomli ko‘rgazmasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

21 Noyabr kuni soat 16:00 da Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida
P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji muallimi Hasan Isoqjonov va o‘quvchilarining
«Ilk parvoz»
nomli ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hasan Isoqjonov shogirdlariga qalamtasvirda ishlash, proporsiyalarni saqlash, kompozitsiyani to‘g‘ri joylashtirish, miniatyura elementlarini o‘ta nozik ishlanishi va ranglarni o‘zaro uyg‘unlashtirish kabi elementlarga alohida e’tibor qaratishlarini ta’kidlaydi.

Ijodkor va uning o‘quvchilari qalamiga mansub miniatyuralarda qalamtasvirning nozik va nafisligi, ranglar palitrasining boyligi, zamonaviy ruh va an’ana davomiyligi aks etgan. Uning shogirdlari respublika va xalqaro festivallar va tanlovlarda oliy sovrinlarga ega bo‘lib kelishmoqda.


Ijodkorning milliy madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan hissasi munosib baholanib, 2014 va 2015 yillarda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining Oltin medali, 2007 yil “Tashabbus” Respublika ko‘rik tanlovida “Sharq miniatyurasi” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli I o‘rin sohibi, 2008 yil “Tashabbus” Respublika ko‘rik tanlovida “Eng yaxshi ustoz” nominatsiyasida Diplom bilan taqdirlangan.
«Ilk parvoz» nomli ko‘rgazmada Isoqjonov Hasan va ularning shogirdlari – Daminov Aziz, Tursunmuxammedov Shahzod, Avazov Alisher, Holboyev Bahrom, Abdullayeva Gulira’no, Abdullayeva Gulhayo, Musayev Sherali, Satbayeva Malika, Xodjimetov Sherzod, Norboboyev Oybek, Sheraliyeva Zarina, Shermuxamedov Suxroblarning asarlari namoyish etildi. Namoyish etilayotgan miniatyura asarlari o‘zining badiiyligi, chuqur falsafiy mazmuni egaligi va takrorlanmasligi bilan tashrif buyuruvchilarni o‘ziga rom etadi.
Ko‘rgazmada 50 dan ortiq miniatyura asarlari namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma 21 noyabrdan 5 dekabrga qadar davom etadi.