Ko‘rgazmalar

2024-yil 7-may kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi va O‘zbekiston Hunarmandlar uyushmasi a’zosi, iste’dodli naqqosh-o‘ymakori, qimmatbaho noyob buyumlarni konservatsiya va restavratsiya qilish bo ‘yicha malakali mutaxasis Marif Salimovga bag’ishlab, “Ustozni xotirlab” nomli ko‘rgazmasi tashkil etildi

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi hamda O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamkorligida kitobat san’ati bilimdoni, naqqosh, restavrotor usta Marufjon Salimovning xotirasiga bag’ishlab “Ustozni yod aylab” deb nomlangan ko’rgazma hamda xotira kechasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada restavrator ijodiga mansub muqovalar, yon daftarchalar, xattotlik va abru namunalari, ish jarayonlari aks etgan fotolar, mualliflik huquqi ostida nashr etilgan metodologik qo‘llanmalar va  restavratorning ustaxonalarini ifodalovchi buyumlar oynali javonlardan o‘rin oldi. Bularning barchasi tomashabinlarga muzey restavratsiyasi dunyosini tez-tez qamrab oladigan noyob sir ruhini yetkazadi.
Tadbirda O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy kotibi Ne’matilla Jabborov, Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona restavratsiya bo’limi ilmiy mudiri Shuhratilla Po’latov, O’zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, Xalq rassomi Shomahmud Muhammadjonov, Professor Abdumajid Madraimov va uning shogirdlari, shuningdek, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi direktori Gulabza Qarshiyevalar  so’zga chiqdilar.