OKTABR
07
2026

YANGI NASHR<br> “Shomahmud Muhammadjonov — Sharq miniatyurasi va qo‘lyozma kitob ustasi” <br> Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyining yangi kitob-albomi mashhur miniatyurachi rassom Shomahmud Muhammadjonov hayoti va ijodiga bag‘is

Nashrda ijodkorning o‘rta asr Sharq qo‘lyozma kitobi va miniatyura an’analarini qayta tiklash yo‘lidagi izlanishlari, kompozitsiya va ranglar uyg‘unligi, nafis naqshlar hamda qadimiy tasviriy san’at usullarini o‘rganishga qo‘shgan hissasi yoritilgan.

Kitob-albomdan mumtoz fors va turkiy adabiyot namunalari, tarixiy asarlarga ishlangan illyustratsiyalar hamda rassomning alohida miniatyuralari o‘rin olgan. Nashr san’atshunoslar, rassomlar va Sharq miniatyurasi ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.

✍️ Muallif: Zuhra Rahimova — muzey katta ilmiy xodimi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
? Nashriyot: Akademnashr, 2026-yil.
Hajmi: 336 bet.