“Muzeylarda mumtoz san’at va qo‘lyozmalarni vizual interpretatsiya qilishning zamonaviy usullari”
Ayni damda Temuriylar tarixi davlat muzeyida "XXI asrda Muzey ta'limi: Global kontekst va transformatsiyalar" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo'lib o'tmoqda.Ushbu konferensiyada Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Gulabza Qarshiyeva “Muzeylarda mumtoz san’at va qo‘lyozmalarni vizual interpretatsiya qilishning zamonaviy usullari” mavzusidagi maruza bilan ishtirok etmoqda.