SENTABR
23
2026

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida Eron Islom Respublikasi Milliy muzeyi direktori janob Jabrail Nokandeh bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, muzeylararo hamkorlikni mustahkamlash hamda Sharq san’ati va madaniy merosini keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida muzeylar o‘rtasida tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlik qilish, mutaxassislar malakasini oshirish, ko‘rgazma va madaniy tadbirlarni birgalikda tashkil etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Sharq miniatyura san’ati, qadimiy qo‘lyozmalar, tasviriy san’at namunalari va tarixiy-madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, o‘rganish hamda kelajak avlodga yetkazish borasidagi tajribalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi ko‘p asrlik madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, ikki xalqning boy madaniy merosini o‘zaro targ‘ib qilish va muzeylararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.

Muzey direktori Gulabza Qarshiyeva mehmonlarni muzey ekspozisiyalari bilan tanishtirib, Sharq miniatyura san’ati namunalari, tasviriy san’at asarlari hamda tarixiy-madaniy merosga oid eksponatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.


Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida esdalik sovg‘alari almashildi.