Ochiq eshiklar kuni
8-sentyabr kuni Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 60 ga yaqin talabalari Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar muzey ekspozisiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Ularga qadimiy hunarmandchilik va kitobat san’atining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish texnologiyasi amaliy tarzda namoyish etildi.
Shuningdek, talabalar e’tiboriga Samarqand qog‘ozi tarixi va uni tayyorlash jarayoniga bag‘ishlangan qisqa metrajli videorolik taqdim etildi.
Tadbir yoshlarni milliy madaniy merosimiz, qadimiy san’at va hunarmandchilik an’analari bilan tanishtirish, ularda muzeylarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.