AVGUST
27
2026

Yaponiyalik taniqli libos dizayneri va konstruktori Shingo Sato tashrif buyurdi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyiga Yaponiyalik taniqli libos dizayneri va konstruktori Shingo Sato tashrif buyurdi.Shingo Sato o‘z muallifligidagi mashhur "TR Cutting" konstruksiyalash usuli asoschisi hisoblanadi. Uning ishlarida origamiga o‘xshash murakkab burmalar hamda noodatiy geometrik shakllar ko‘p uchraydi. O‘z metodikasini dunyoning turli mamlakatlarida mahorat darslari orqali o‘rgatib kelayotgan taniqli dizayner bu gal Toshkentdagi talabalar bilan o‘z bilimi va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekistonga tashrifi davomida u muzey ekspozitsiyasi bilan tanishdi va namoyishga qo‘yilgan san’at asarlariga yuqori baho berdi. Muzey bo‘ylab ekskursiyadan tashqari, faxrli mehmon qo‘lda qog‘oz tayyorlash jarayoni bilan ham yaqindan tanishdi.