IYUN
03
2026

Merosning yo‘lchilari: Bobo Naqqosh izidan

2026-yil 2-iyun kuni Ziraat Bank konferensiya zalida “Merosning yo‘lchilari: Bobo Naqqosh izidan” nomli ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada 25 nafar ijodkor o‘z asarlari bilan ishtirok etmoqda. Ular orasida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi xodimlari — Dedashev Baxtiyor, Arifboyev Sherzod va Jalilova Saidalarning tazhib va miniatyura yo‘nalishidagi an’anaviy hamda zamonaviy asarlari ham namoyish etilmoqda.

Muzey bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ushbu loyiha milliy madaniy merosni targ‘ib qilish, uni zamonaviy san’at bilan uyg‘unlashtirish hamda boy tarixiy qadriyatlarimizni kelajak avlodlarga yetkazishga qaratilgan.

✨ Ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan san’atni asrash va rivojlantirish — milliy o‘zlikni anglashning muhim omilidir.