IYUN
03
2026

Sharq miniatyura san’ati sirlariga sayohat

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalarga ustaxonada qog‘oz tayyorlash tarixi haqida batafsil ma’lumot berildi hamda qog‘oz tayyorlash jarayoni bo‘yicha amaliy mahorat darsi o‘tkazildi. Shuningdek, muzey bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etilib, talabalar Sharq miniatyura san’atining noyob va bebaho namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

✨ Ajdodlar merosi bilan yaqindan tanishish – yoshlar tafakkati va estetik didini yuksaltirishning muhim omilidir.