21-may kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi xodimlari O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida muzey xodimlari prokuratura organlari tarixiga oid eksponatlar, arxiv hujjatlari hamda tarixiy materiallar bilan yaqindan tanishdilar. 3D formatdagi video roliklar ham namoyish etildi.
Ushbu tashrif xodimlarning tarixiy-madaniy bilimlarini boyitish, muzeylararo hamkorlikni mustahkamlash hamda milliy merosni keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.