MAY
19
2026

Rassomlar festivali–2026 doirasida “Turkiy dunyo san’ati: tarixiy madaniy meros va zamonaviylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya

Joriy yilning 18-19-may kunlari Andijon viloyati Bobur shahrida o‘tkazilgan Rassomlar festivali–2026 doirasida “Turkiy dunyo san’ati: tarixiy madaniy meros va zamonaviylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi direktori Qarshiyeva Gulabza Aliqulovna hamda muzeyning katta ilmiy xodimi Raxmatullayeva Asalxon G‘ayratovnalar ishtirok etishdi.

Konferensiya davomida turkiy xalqlar san’ati, tarixiy-madaniy merosni asrash, miniatyura san’atining zamonaviy talqini hamda madaniy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.