MAY
13
2026

“Karyera kuni” — yangi imkoniyatlar maydoni



2026-yil 13-may kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbirida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi xodimlari ham tashkilotning bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

Kun davomida talabalar va bitiruvchilar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish sharoitlari hamda zamonaviy kadrlarga qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Shuningdek, “Karyera kuni” dasturi doirasida ish beruvchilar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, seminarlar va workshoplar tashkil etildi.