Sharq miniatyuralari olamiga sayohat
TDIUning 1-bosqich talabalari Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalarga ustaxonada qog‘oz tayyorlash tarixi haqida batafsil ma’lumot berildi hamda qog‘oz tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
Shuningdek, muzey bo‘ylab qiziqarli ekskursiya o‘tkazilib, talabalar Sharq miniatyura san’atining noyob namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
✨ Fishka gaplar:
— San’atni his qilish — tarix bilan suhbatlashishdir.
— Miniatyura — Sharq ruhining nozik aksidir.
— Qadimiy san’at va zamonaviy yoshlar uchrashuvi.