MAY
04
2026

Leliya Rus-Pirvanning “Melanxoliya” nomli ko‘rgazmasi ochildi

2026-yil 4-may kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida ruminiyalik rassom Leliya Rus-Pirvanning “Melanxoliya” nomli ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma kuratori – Mariya Bilashevski. Ekspozitsiyada rassomning 20ta grafik asari namoyishga qo'yildi. Qo‘lda ishlangan qog‘ozga chizilgan jom (qadah)lar xotira, o‘z-o‘zini tahlil qilish va yangilanishning ramziy idish sifatida talqin qilinadi. Ular oddiy predmet maqomidan chiqib, ichki kechinmalarni o‘zida mujassam etadigan va ularni yetkazadigan shakllarga aylanadi. Bu jarayonda idrok hissiy va chuqur shaxsiy tajribaga aylanishi mumkin. Bunday yondashuv tufayli ko‘rgazma melanxoliya mavzusidagi vizual meditatsiyaga aylanadi. U passiv holat sifatida emas, balki teranlik va mushohada makoni sifatida talqin qilinadi. Tomoshabinga esa ichki dunyo, xotira va o‘zgarish oqimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni kashf etish taklif etiladi. Ko‘rgazma 10-maygacha davom etadi.