APREL
22
2026

Ruminiyaning Konstanta shahridagi Konstanta san’at muzeyida “O’zbekiston miniatyurasi: an’ana va zamonaviylik” — Sharq nafisligi Yevropa markazida namoyon bo‘ldi.

22 aprel kuni Ruminiyaning Konstanta shahrida joylashgan Konstanta san’at muzeyida “O’zbekiston miniatyurasi: an’ana va zamonaviylik” mavzusida ko’rgazma ochildi. O’zida san’atning eng go’zal turini jamlagan ko'rgazma Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi katta ilmiy hodimlari Asalxon Raxmatullayeva va Zilola Asqarovalar kuratorligida tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan asarlar mualliflari, muzey hodimlari Sherzod Arifboyev, Baxtiyor Dedashev va Saida Jalilovalarning ijodiy ishlarida asosiy e’tibor diniy va falsafiy mavzular, “Shohnoma” va “Lison ut-tayr” dostonlariga ishlangan syujetlar, shuningdek, ramziylik va sevgi-muhabbatga qaratilgan. Ko'rgazmaga ko'plab tomoshabinlar, ijodkorlar, shuningdek, Turkiyaning Ruminiyadagi elchixonasi Turk madaniyati markazi vakillari tashrif buyurib, O'zbekistonning zamonaviy miniatyurasiga katta qiziqish bildirdilar.