Xalqaro tasviriy va amaliy san'at festivali.
21-aprel kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida "Xalqaro tasviriy va amaliy san'at festivali" doirasida О‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Ruminiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda buyuk rumin haykaltaroshi, modernizm kashshofi va XX asrning eng nufuzli haykaltaroshlaridan biri Konstantin Brankushi xotirasiga hamda 150 yillik tavalludiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Birinchi jahon urushida halok bo'lgan ruminiyalik askarlarni xotirasini yod etish uchun Brankushi o'zining tug'ilgan joyi yaqinidagi Tirgu-Jiu shahrida monumental majmua yaratdi. Bu majmua po'latdan yasalgan "Cheksiz ustun", shuningdek "Bo'sa darvozasi" va toshdan ishlangan 12 o'rindiqli "Sukunat stoli"dan iborat (1937-1938). Ushbu yodgorlik muhrlangan fotosuratlar koʻrgazmadan oʻrin olgan.
Tadbir kelgan tomoshabinlarda katta qiziqish uyg'otib, Oʻzbekiston va Ruminiya oʻrtasida madaniyat va san'at rishtalarini yanada mustahkam boʻlishiga zamin yaratdi.