APREL
01
2026

O‘zbekiston miniatyura san’ati ilk bor Shanxayda keng namoyish etilmoqda.

Shanxay san’at kolleksiyalari muzeyida (XXR) ilk bor O‘zbekiston zamonaviy miniatyurachi rassomlarining “Miniatyuradagi olam: miniatyura rangtasvirida mo‘yqalam surtmalari san’ati va Gongbi rangtasviri” mavzusidagi ko‘rgazma ochildi.

Unda taqdim etilayotgan miniatyurachi rassomlarimizning nafis asarlari Xitoy tomoshabinlari va san’at ixlosmandlarida katta qiziqish hamda iliq taassurot uyg‘otmoqda.