MART
24
2026

Shanxay sanʼat kolleksiyalari muzeyi

Shanxay sanʼat kolleksiyalari muzeyi (XXR)da ilk bor O‘zbekiston zamonaviy miniatyurachi rassomlarining “Miniatyuradagi olam: miniatyura rangtsavirida mo’yqalam surtmalari san’ati va Gongbi rangtasviri” mavzusidagi  ko‘rgazma ochildi. Turkmaniston, Eron va Xitoy san'ati namunalari namoyishga qo'yilgan.
Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi direktori Gulabza Qarshiyeva ishtirok etib, O’zbekiston va Shanxay o’rtasidagi madaniy hamkorlikning ahamiyati haqida aytib o’tdi.
Ko‘rgazmada muzey fondida saqlanayotgan miniatyura asarlari, shuningdek, O‘zbekiston zamonaviy miniatyurasi rivojiga katta hissa qo‘shayotgan ustoz rassomlar - Davron Toshev, Xayritdin Muhitdinov, Behzod Xajimetov hamda yosh ijodkorlar Saida Jalilova, Baxtiyor Dedashev, Sherzod Arifboyevning asarlari o‘rin olgan.
Shu bilan birga, Sharq miniatyura sanʼati nazariyasi va tarixi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yirik mutaxassis, professor Zuxra Raximova hamda dotsentlar - Asalxon Raxmatullayeva va Zilola Asqarovalar ishtirok etmoqda. Safar davomida delegatsiya a’zolari Shanxayning yirik muzeylariga tashrif buyurdilar. Xitoy madaniyati bilan yaqindan tanishib, san’atshunoslik va muzeyshunoslik sohasidagi amaliy tajribalar  bilan o’rtoqlashdilar.