FEVRAL
06
2026

Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan  hamkorlikda  Hazrat Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hamda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludiga bag‘ishlab  “Soʻz, tasvir va saltanat daholari” nomli ko‘rgazma o‘tkazildi. 

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida,  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan  hamkorlikda  Hazrat Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hamda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludiga bag‘ishlab  “Soʻz, tasvir va saltanat daholari” nomli ko‘rgazma o‘tkazildi.  Ekspozitsiyada institut professor- o'qituvchilari va talabalari tomonidan yaratilgan 40 ta ijod namunalari joy olib,  Alisher Navoiyning shu kungacha dolzarbligini yo'qotmagan "Xamsa" asariga bag'ishlangan miniatyuralar, Kamoliddin Behzod asarlaridan nusxalar hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi yoritilgan asar na'munalari o'rin oldi. Tadbir davomida Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati instituti talabalari tomonidan mumtoz asarlar ijro etilib, tadbirga bayramona kayfiyat bag'ishlashdi. Shuningdek, ko'rgazma davomida xattot Ulug'bek Orifjonov hamda miniatyurachi rassom Baxtiyor Dedashevlar mahorat darslari  o'tkazishdi. Tadbir so'ngida qatnashuvchilar diplom va sertifikat bilan taqdirlandilar.