DEKABR
24
2025

Shorasul Shoahmedovning “Kichik hajmga jo boʻlgan buyuk muhabbat” nomli shaxsiy koʻrgazmasi ochildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zosi , miniatyurachi rassom Shorasul Shoahmedovning “Kichik hajmga jo boʻlgan buyuk muhabbat” nomli shaxsiy koʻrgazmasi ochildi.
Rassom ijodida Sharq she’riyati, erksevar va ekspressiv otlar tasviri, Sharq goʻzallari, iliqlikka va noziklikka to‘la oshiqlar, inson qiyofasidagi qo‘g‘irchoqlarni arqondan tortib harakatga keltiruvchi qo‘g‘irchoqbozlarning falsafiy obrazlari o‘rin olgan.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar musavvir ijodi haqida iliq so‘zlar bildirishdi hamda ko‘rgazmaning ochilishi munosabati bilan tabriklashdi.