Shanxay san’at kolleksiyalari muzeyi o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi
Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida an’anaviy san’at yo‘nalishidagi madaniy almashinuvni rivojlantirish, Gongbi uslubidagi Xitoy an’anaviy nozik mo‘yqalam rassomchiligi va o‘zbek miniatyura san’ati o‘rtasidagi ilmiy muloqotni chuqurlashtirish maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi hamda Shanxay san’at kolleksiyalari muzeyi o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur Memorandum doirasida “Ipak yo‘li tasvirlari: Xitoyning Gongbi (nozik mo‘yqalam) uslubidagi rassomlik namunalari va O‘zbekiston miniatyura san’ati bo‘yicha qiyosiy tadqiqot ko‘rgazmasi” tashkil etilishi, ilmiy simpozium hamda ikkala mamlakat rassomlari tomonidan mahorat darslari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.