DEKABR
02
2025

O'zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi hamda  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti  o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-ahloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, magistratura va bakalavriat talabalari orasidan iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb qilish, ta'lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya jarayonini chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyida institutning “San'at tarixi va nazariyasi” kafedrasi filiali faoliyatini yuritish ko‘zda tutilmoqda.