Quddus Islom san’ati muzeyi bosh direktori Gilad Levian tashrif buyurdi
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ti muzeyiga Quddus Islom san’ati muzeyi bosh direktori Gilad Levian tashrif buyurdi. Tashrif davomida xorijiy mehmon muzey ekspozitsiyasiga katta qiziqish bildirib, uning boyligi, o‘ziga xosligi hamda puxta o‘ylangan tuzilishini takidlab o‘tdi. Shunigdek, o‘rta asrlar Sharq miniatyura san’ati an’analarini ilhom bilan davom ettirayotgan yosh miniatyurachi rassomlarning ijodi mehmonda chuqur taasurot qoldirdi. Uchrashuv yakunida ikki muzey o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishildi, bu esa madaniy almashinuv va qo‘shma loyihalar uchun yangi istiqbollarni ochib berishga zamin yaratadi.