Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida O‘zbekiston Xalq yozuvchisi, kinodramaturg, jamoat arbobi Rahmat Fayziyning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Hazrati Inson” nomli noyob ko‘rgazma ochildi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida O‘zbekiston Xalq yozuvchisi, kinodramaturg, jamoat arbobi Rahmat Fayziyning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Hazrati Inson” nomli noyob ko‘rgazma ochildi. Ekspozitsiyadan adib hayotining asosiy bosqichlari, erishgan yutuqlari, O‘zbekiston adabiyoti va madaniyatiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi nodir fotosuratlar, arxiv hujjatlari, orden va mukofotlar o‘rin olgan.
? Tadbir doirasida adibni xotirlab, yozuvchilar, jurnalistlar, adabiyotshunoslar so‘zga chiqib, Rahmat Fayziyning insoniy fazilatlari hamda ijodkorlik yo‘li haqida gapirdilar.
Umrini o‘zbek xalqining dardu quvonchiga, orzu va intilishlariga bag‘ishlagan buyuk adib Rahmat Fayziyning nomi qalblarda abadiy yashaydi. Bugungi ko‘rgazma esa uning nurli hayoti va betakror ijodiga bo‘lgan chuqur ehtiromning yorqin ifodasidir.
Qalblarni hayajonga soluvchi "Hazrati Inson" romani hamda uning ssenariysi asosida suratga olingan "Sen yetim emassan" filmi yosh rassomlarga o'ziga xos asarlar yaratish uchun betakror manba bo'ladi.
Ko'rgazma 10-noyabrgacha davom etadi.