Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay san’at kolleksiyalari muzeyi prezidenti Hu Muqing va direktor o‘rinbosari Marie Maolar tashrifi
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyiga Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay san’at kolleksiyalari muzeyi prezidenti Hu Muqing va direktor o‘rinbosari Marie Maolar tashrif buyurdi. Tashrif davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi hamda Shanxay san’at kolleksiyalari muzeyi o‘rtasidagi hamkorlik muzokaralari - ikki tashkilot o‘rtasidagi memorandum, ko‘rgazmazalar hamda qo‘lda qog‘oz tayyorlash bo‘yicha almashinuv loyihalar tashkil etish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. Xitoylik hamkasblarimizda miniatyura asarlari hamda qadimiy qo‘lyozmalardan iborat muzey kolleksiyasi katta qiziqish uyg‘otdi. Kelajakda amalga oshiriladigan loyihalar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.