IYUN
17
2026

“Nuqtadan taralgan nur” ko‘rgazmasiga taklif

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, taniqli xattot Islom Mamatov hamda uning shogirdlarining ijodiy asarlaridan tashkil topgan “Nuqtadan taralgan nur” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimiga barchani taklif etadi.

Ko‘rgazmada an’anaviy xattotlik san’atining nafis namunalarini, ustoz va shogird ijodining uyg‘unligini hamda milliy san’atimizning betakror jozibasini tomosha qilishingiz mumkin.

Ochilish marosimi: 2026-yil 18-iyun
Vaqti: soat 16:00
Manzil: Toshkent shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi, 40/2

Har bir harf — ma’no, har bir nuqta — nur. Sizni san’at va ma’naviyat uyg‘unlashgan ushbu ko‘rgazmada kutib qolamiz!