FEVRAL
12
2026

Telman Muxamedovni xotirlab. Kulgu orqali chizilgan dunyo

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi O‘zbekiston tasviriy san’atida chuqur iz qoldirgan taniqli rassom Telman Muxamedovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilish marosimiga taklif etadi.

Ekspozitsiyada musavvirning O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi hamda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondlarida saqlanayotgan grafik asarlari, “Mushtum” jurnalida chop etilgan karikatura fotolari, shuningdek O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan rassom tomonidan illyustratsiya qilingan kitoblar namoyish etiladi.

? Ochilish marosimi:
? 2026-yil 15-may
? Soat 17:00

? Manzil:
Toshkent shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi, 40/2