“Soʻz, tasvir va saltanat daholari” nomli ko‘rgazma o‘tkaziladi. 6-fevral kuni Hazrat Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hamda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludiga bag‘ishlab
✅ 2026-yil, 6-fevral
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida Hazrat Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hamda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludiga bag‘ishlab “Soʻz, tasvir va saltanat daholari” nomli ko‘rgazma o‘tkaziladi.
Tadbir davomida xattotlik va miniatyura san'ati bo‘yicha mahorat darslari ham bo‘lib o‘tadi.
Ko'rgazma ochilishi: 2026-yil, 6-fevral, 15:00da.
Manzil: Sharof Rashidov 40/2
Kirish bepul.